AQSh ayol astronavtni Oyga uchirmoqchi

AQSh ayol astronavtni Oyga uchirmoqchi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma shtatlar birinchi bo‘lib Oyga kosmonavt ayolni yuborishini va Marsda o‘z bayrog‘ini ko‘targan birinchi davlat bo‘lishini va’da qildi, deb xabar berdi RIA Novosti

U o‘zining Respublikachilar partiyasi s’ezdidagi nutqida ham «Biz kosmosda Amerika rahbariyatining yangi davrini boshlaymiz, Amerika Oyga birinchi ayolini yuboradi va AQSh Marsda o‘z bayrog‘ini ko‘targan birinchi davlat bo‘ladi» deb aytgan.

Shuningdek, Tramp ma’muriyati Artemis deb nomlangan Oy bo‘yicha dasturi qayta tiklanishini e’lon qildi. Bu dastur doirasida Oyda insonning doimiy bo‘lishi va ortga qaytishi rejalashtirilgan.

NASAning yangi oy  dasturi doirasida kelajakda insonning Oy yuzasiga va orqaga qaytish parvozlari amalga oshiriladigan oyga yaqin bo‘lgan Gateway stansiyasini yaratish g‘oyasini ishlab chiqilmoqda.

AQSh bir necha bor ta’kidlaganidek, NASA bu dasturni tijorat sheriklari bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan holda amalga oshirmoqda, shuningdek, u, o‘z navbatida, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikka ham umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!