AQSh Adliya vazirligi: Eron SWIFTdan o‘chirib qo‘yildi

AQSh Adliya vazirligi: Eron SWIFTdan o‘chirib qo‘yildi

SWIFT Xalqaro Banklararo Axborot uzatish va To‘lovlarni amalga oshirish tizimi AQShga Eron Markaziy banki va o‘sha mamlakatdagi AQSh sanksiyalari ro‘yxatida bo‘lgan boshqa tashkilotlarning xabar almashish tizimidan uzilganligini xabar qildi. Bu haqda AQSh moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Sigal Mandelker ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

AQSh moliya vazirining o‘rinbosari Vashington Eronga qarshi sanksiyalarni qat’iy ravishda tadbiq etishi va bosim o‘tkazish uchun bu mamlakatga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rishini ta’kidladi.

Mandelker shuningdek, Yevropa Ittifoqining AQShning sanksiyalarini chetlab o‘tib, Tehron bilan tashqi savdo hisob-kitoblari uchun maxsus mexanizm yaratish bo‘yicha tashabbusi tashvishlantirmasligini ma’lum qildi.

U Yevropaliklar bilan birgalikda ishlashi mumkinligaga va YEIning maxsus to‘lov mexanizmini yaratish rejalariga qaramay, Yevropa kompaniyalari allaqachon Eronni tark etishni boshlaganligiga ishora qildi.

"Menimcha, Yevropada yanada muhim yangiliklar shuki, Eronni juda ko‘p miqdordagi kompaniyalar tark etmoqda", - dedi Sigal Mandelker.

"Men maxsus to‘lov kanalidan umuman tashvishlanmayapman", dedi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari.

"Men birgalikda ishlashimiz mumkin bo‘lgan qo‘shimcha mexanizmlarni topishga ishonaman", dedi u.

"Eron bo‘yicha qanchalik ko‘p narsalarni, qanday bajarishimizni hali yana ko‘rasiz," – deya va’da berdi Mandelker.

Eronga qarshi sanksiyalarning ikkinchi qismi kuchga kirganini eslatib o‘tamiz. Bu Eronning energetika sohasiga, neft bilan bog‘liq ishlarga, Eron Markaziy banki hamda yuk va kema qurilishi bilan bog‘liq tranzaksiyalariga ta’sir qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, dunyo davlatlari "oltiligi" a’zolari bilan yadro shartnomasi tuzilgandan so‘ng va Tehronga nisbatan xalqaro sanksiyalar bekor qilingach, Eron bank tizimi 2016 yilda SWIFTga birlashtirilgan edi.

Avval xabar berilganidek, o‘tgan oyda AQSh moliya vazirligi SWIFT vakillari bilan 2012 yilda bo‘lgani kabi, Eronni o‘chirib qo‘yish haqida muzokaralar ham o‘tkazgan edi.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!