Angrenda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Angrenda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkent viloyatining Angren shahrida 2018 yil 12 noyabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Appartak mahallasida joylashgan “Mubina Oil” AYOQSh oldida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan U.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada U.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi agar siz ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar organlari bo‘linmalariga borib yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raydi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!