Angliya: masjidga cho‘chqa go‘shti tashlab ketganlar qidirilmoqda

Angliya: masjidga cho‘chqa go‘shti tashlab ketganlar qidirilmoqda

Angliyaning Oldxem shahrida joylashgan “Madina” masjidi eshigiga cho‘chqa go‘shti qo‘yib ketgan ikki ayol qidirilmoqda.
 
VVS xabariga ko‘ra, hodisa sentyabr oyida sodir bo‘lgan, biroq videoyozuv polisiyaning qo‘liga endi kelgan. 

Tasvirda ikki ayolning masjid eshigiga cho‘chqa go‘shtini qo‘yayotgani aks etgan, ulardan biri bu ish uchun qamalishlari mumkinligini aytgan.

Uch daqiqalik videoda ayollarning masjid borasida o‘z rejasini muhokama etganini va so‘kinganini ko‘rish mumkin.

Ular rejasini amalga oshirgandan keyin kulgancha qochib ketgan. Polisiya ayollarning shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!