Andijondagi “Qoradaryo”da suv oqimi ko‘paydi(mi)?

Andijondagi “Qoradaryo”da suv oqimi ko‘paydi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi “Qoradaryo”da suv oqimi ko‘paygani haqida turli xabarlar kuzatilmoqda. OAV vakillari hamda blogerlarni aniq ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida Andijon viloyati hokimligi mazkur vaziyatni oydinlashtirishni lozim ko‘radi.

Tarmoqlardagi videolavhalarda tasvirlangan joy “Kuyganyor” gidrouzeli. Tasvirlardagi suv hajmi esa soniyasiga 468 metr kubni tashkil etadi. Ushbu gidrouzel har soniyada 1200 kub metr suvni o‘tkazish quvvatiga ega. Mutaxassislar gidrouzel quvvati 1500 kub metrgacha yetishini bildirishmoqda. Tasvirlardagi oqim esa texnik jihatdan gidrouzelning yarim quvvatidan kamroq hajmga to‘g‘ri kelmoqda.

Shunga qaramay, viloyat rahbari ko‘rsatmalariga asosan hozirda barcha holatlar hamda daryo oqimi uzluksiz kuzatilmoqda va daryoning har bir hududi nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!