Andijonda boshqaruvni yo‘qotgan Tracker zovurga tushib ketdi

Andijonda boshqaruvni yo‘qotgan Tracker zovurga tushib ketdi

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 10 iyul kuni soat 23:30 larda Andijon tumani “Teraktagi” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 154-kilometrida, haydovchi 28 yoshli U.SH. o‘zining Tracker rusumli transport vositasini boshqarib borish davomida, tezlikni meyoridan oshirib yuborishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va qatnov qismidan chiqib ketib, zovurga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida avtomashinaning oldi o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 20 yoshli T.A. tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!