Andijonda bir guruh qimorbozlar qo‘lga olindi

Andijonda bir guruh qimorbozlar qo‘lga olindi

Paxtataobod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi harakatlar natijasida tumanning Shuvoqzor-Boykechik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan dala shiyponlaridan birida qimor o‘ynayotgan 7 nafar yigitlar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.

19-20 yoshlardagi bu o‘g‘lonlar ayni o‘qib, kasb o‘rganish yoki biror hunarni o‘zlashtirish o‘rniga noqonuniy o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lishi hech bir insoniy fazilatlar doirasiga sig‘maydi, albatta.

— Foydali ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullanish o‘rniga qonunda ta’qiqlangan mashg‘ulot bilan band bo‘lganimdan afsusdaman, - deydi o‘yin ishtirokchilaridan biri Akromjon Alimov (tergovoldi surishtiruv ishlari davom etayotganligi sababli ism-shariflar o‘zgartirildi). Ota-onam halol mehnat qilib topgan pulni harom yo‘lga sovurishning oqibatini anglab yetdim.

Qarta va bir necha yuz ming so‘m pul daliliy ashyo sifatida olindi. Yo‘l boshidayoq to‘g‘ri yo‘ldan adashgan bu kimsalarga nisbatan Paxtaobod tuman ma’muriy sudi tomonidan qonunga binoan chora qo‘llanildi.

Umid qilamizki, bu jazo usuli yoshlarimizga xatolarini anglab olish va kelgusida bu qilmishlarini o‘zlarining ijobiy xislatlari bilan oqlashlari uchun xulosa chiqarishlariga imkon beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!