Ana xols! Twitter AQSh prezidenti akkauntini Baydenga bermoqchi

Ana xols! Twitter AQSh prezidenti akkauntini Baydenga bermoqchi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati amaldagi prezident Donald Trampning fikridan qat’i nazar, inaugurasiya kuni AQSh prezidentining @POTUS rasmiy akkauntini Jo Baydenga beradi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.

“Twitter 2021 yil 20 yanvardagi Oq uyning institusional akkauntlari o‘tkazilishiga faol tayyorlanmoqda”, – deb ma’lum qildi ijtimoiy tarmoq vakili.

@VP (vise-prezident), @FLOTUS (AQShning birinchi xonimi), @whitehouse (Oq uy) kabi hukumat akkauntlari ham Bayden ma’muriyatiga o‘tadi.

Tramp ma’muriyatining mavjud xabarlari AQSh arxivlash va hujjatlashtirish milliy boshqarmasi tomonidan arxivlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!