Ana xolos! It murabbiylik vazifasini o‘z qo‘liga oldi

Ana xolos! It murabbiylik vazifasini o‘z qo‘liga oldi

Paragvaylik Pedro-Xuan-Kabalyero shahrida mahalliy futbol jamoasi g‘alati yordamchi murabbiyga ega bo‘ldi. U qari boshpanasiz it bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Cronica” xabar bermoqda.

Klub bosh murabbiyi Karlos Xara Sagyerning aytishicha, uni ovqatlantirganidan buyon it uni tark etmayotgan ekan. Hayvon Sagiyerning “o‘ng qo‘li”ga aylanib, bir nechta rasmiy uchrashuvlarda ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, it matbuot anjumanlarida ishtirok etadi va jamoa bilan faol mashg‘ulotlar olib boradi. Tesapar ismli it 10 yoshda bo‘lib, ta’kidlanishicha, u jamoaga omad keltirmoqda.

Klub yaqinda Paragvay chempionatining uchinchi divizionini tark etdi va ketma-ket to‘rtta g‘alaba bilan ikkinchi divizion ishtirokchilari safidan joy oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!