Ana xolos! "Evroosiyo go‘zali" 13 yilga qamaldi. Nega?

Ana xolos! "Evroosiyo go‘zali" 13 yilga qamaldi. Nega?

Evrosiyo go‘zallik tanlovining 2016 yildagi g‘olibasi 25 yoshli Sibel Demiralpga tovlamachilik va odam o‘g‘irlash ayblari bilan 13 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sibel tovlamachilar to‘dasi bilan aloqada bo‘lgan.

U internet orqali boy zargar bilan tanishadi. Shundan so‘ng yangi tanish qiz bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘ladi. Ayni maqsadda Sibel xonadoniga boradi. Ammo, bu vaqtda uni bosqinchilar kutib turgan edi. Ular zargarga tan jarohati yetkazishdan tashqari, 240 ming lira (45 ming dollar atrofida) ham talab qilishadi. Jabrdiyda aytilgan pulni to‘lab, jonini saqlab qoladi.

Mazkur voqeadan polisiya tezda xabar topib, to‘daning barcha a’zolari, xususan Sibelni ham qo‘lga olgan.

Xabarda qayd etilishicha, tovlamachi to‘daning Sibeldan tashqari boshqa a’zolariga ham uzoq yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!