Ana xolos, endi yig‘lashni ham o‘rgatishyapti. Lekin nega?

Ana xolos, endi yig‘lashni ham o‘rgatishyapti. Lekin nega?

Yaponiyada ishchi-xizmatchilar va o‘quvchilarda ruhiy charchoq, zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida maktab va kompaniyalarda ko‘z yoshi to‘kishni o‘rgatuvchi treninglar tashkil etilmoqda va ular tobora ommalashayotir.

"Uza.uz"ning “The Japan Times”ga tayanib yozishicha, ana shunday mashg‘ulotlarni olib borayotgan o‘rta maktabning sobiq o‘qituvchisi Xidefumi Yoshida o‘z tinglovchilariga ko‘z yoshi to‘kishning inson salomatligiga ijobiy ta’siri, xususan yig‘i yordamida ruhiy zo‘riqishni bartaraf etish mumkinligini uqtirib keladi. 

Xidefumi Yoshidaning fikricha, hissiyotli filmlar, qayg‘uli musiqalar va kitoblar ko‘magida kelgan ko‘z yoshlari insonga kulgu yoki uyqudan ko‘ra kuchliroq ruhiy orom bera oladi. 

“The Japan Times”ning eslatishicha, 2015 yilda kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Yaponiyada mehnat jamoasi 50 kishidan oshmagan kompaniyalar o‘z ishchi-xizmatchilarini stress testlaridan o‘tkazib turishi majburiy hisoblanadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!