Ana xolos! Endi osmonda ikkita Oy bo‘ladi

Ana xolos! Endi osmonda ikkita Oy bo‘ladi

Xitoyning Chengdu shahri yaqin kelajakda shaharni yoritish uchun Oy shaklidagi sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirish niyatida.

Rasmiylar tomonidan rejalashtirilishicha, tungi Chengduni yoritish uchun shaharning usti bo‘ylab sun’iy yo‘ldosh tarqatiladi. Oy Quyosh nurini aks ettiruvchi va Yerga yo‘naltiradigan maxsus tizimlar bilan jihozlanadi.

Bu qaror elektr energiyasini tejashga va chiroqlarning ko‘pini tashlashga imkon beradi. Bundan tashqari, o‘z sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirish ko‘proq sayyohlarni jalb qilish va shahar xazina mablag‘larini ko‘paytirishga ham xizmat qilishi kerak.

Hozirgi vaqtda Chengdu shahar xodimi Pekin bilan loyihani muvofiqlashtirmoqda va xavflarni hisoblab chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!