Ana xolos! Avtokredit barcha o‘qituvchilarga ham berilavermaydi!

A A A
Ana xolos! Avtokredit barcha o‘qituvchilarga ham berilavermaydi!

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tagayev jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

 

O‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirishga qaratilgan Prezident shuningdek Yagona maktab formasi bilan ta’minlashga oid Hukumat qarorlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tagayev ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.

 

A.Tagayevning ta’kidlashicha, uy-joy krediti bo‘yicha maxsus tartib ishlab chiqilib tasdiqlanadi, unda uy-joylar qaysi mezonlar bo‘yicha taqsimlanishi kabi masalalar qamrab olinadi;

 

avtokredit barcha o‘qituvchilarga berilmaydi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan avtokredit ajratish tavsiya qilinadigan pedagog xodimlari bo‘yicha ro‘yxat shakllantiriladi, bunda ish staji, yutuqlari va boshqa shu kabi mezonlarga e’tibor qaratiladi;

 

agar bu yilga maktab formasi olib qo‘yilgan bo‘lsa, yangi forma olish shart emas, o‘sha formani kiyib maktabga kelishga ruxsat beriladi;

 

monopoliyaga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni maktab formasini kimdan olishni umuman ahamiyati yo‘q, belgilangan standartga mos kelsa bo‘ldi (maktab formani o‘zlari tiktirsa ham bo‘ladi);

 

maktab formasi bo‘yicha takliflar uchun bemalol murojaat qilish mumkin, ya’ni maktab formasi shu shaklda qolib ketmaydi, uch yilgacha fikr mulohazalar o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!