Ana syurprizu, mana syurpriz: Malibu-2 uchun shartnoma berish boshlanmasidan to‘xtatildi

Ana syurprizu, mana syurpriz: Malibu-2 uchun shartnoma berish boshlanmasidan to‘xtatildi

UzAuto Motors, bugun, 26 yanvardan Malibu-2 avtomobilini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni boshlagan edi. Lekin sanoqli soatlar o‘tib, kontraktasiya to‘xtatilgan.

Kun.uz muxbiri bog‘langan kompaniya rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda xaridorlar bilan yangi shartnomalar tuzilmayapti, biroq bu vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin.

Bu – QQSning 15 foizdan 12 foizga pasaytirilgani hisobiga Malibu-2 narxi 10 mln so‘mga arzonlashgani ortidan ro‘y bermoqda.

Ana syurprizu, mana syurpriz: Malibu-2 uchun shartnoma berish boshlanmasidan to‘xtatildi

Avtosalonlardan birining Telegram-kanalidagi tushdan keyingi e’londa Malibu sotuvdan olinganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, UzAuto Motors yiliga 2900 dona Malibu-2 avtomobilini import qiladi va ichki bozordagi iste’molchilarga yetkazib beradi. Shu paytga qadar olib kelinayotgan avtomobillarning tannarxi ochiqlanmagan.

Avvalroq, UzAuto Motors qimmat modellari uchun kontraktasiyani ochdi. Narxlar o‘zgargani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!