Amitabx va Abxishek Bachchan koronavirusga chalindi

Amitabx va Abxishek Bachchan koronavirusga chalindi

Mashhur hind aktyori Amitabx Bachchan koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizildi. Shuningdek, uning o‘g‘li, aktyor va prodyuser Abxishek Bachchanda ham koronavirus aniqlangan.

“Mening koronavirusga tahlilim musbat chiqdi, shu sababli shifoxonaga o‘tkazildim. Oilam va xodimlarimiz ham tahlillar topshirishdi va natijalarni kutishmoqda. Men bilan oxirgi 10 kun yaqin muloqotda bo‘lganlar, iltimos, siz ham tahlil topshiring!”, deb yozgan 77 yoshli aktyor "Twitter’"dagi sahifasida.

Shundan bir necha soat o‘tib 44 yoshli Abxishek Bachchan ham koronavirusga chalinganini ma’lum qilgan. U ham yengil alomatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Uning ta’kidlashicha, vahima qilishga sabab yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va barcha muxlislar ota-bola aktyorlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolishgan. 

Avvalroq Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSh va Braziliyadan keyin 3-o‘ringa chiqib olgani ma’lum qilingandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda virusga chalinganlar soni 850 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 22 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!