Amazon kompaniyasi yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlamoqchi

Amazon kompaniyasi yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlamoqchi

Onlayn savdoda yetakchi hisoblanuvchi Amazon kompaiyasi kelgusi yilning boshiga qadar 30 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini yaratmoqchi. Mehnat yarmarkalari 17 sentyabr kuni AQShning oltita shahrida — Virjiniya, Arlington,  Boston,  Chikago,  Dallas, Neshvil,  Tennessi va Siyetl bo‘lib o‘tadi.

Bo‘sh ish o‘rinlari va ularga to‘lanadigan haq turlicha. Masalan, dasturiy ta’minot yaratuvchilar yiliga 100 ming dollargacha pul ishlab topishlari mumkin bo‘lsa, onlayn buyurtmalar qabul qiluvchi xodimlar soatiga kamida 15 dollardan maosh oladi.

Kompaniyaning aytishicha,  ishchilar to‘liq soatli ish bilan ta’minlanadi.  Bu Amazonning bir vaqtning o‘zida yaratgan eng ko‘p sonli ishchi o‘rnidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!