Alisher Usmonov Navalniyga qarshi "josus" yollaganmi?

Alisher Usmonov Navalniyga qarshi "josus" yollaganmi?

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy milliarder Alisher Usmonovni o‘ziga qarshi dalil to‘plash maqsadida Isroil razvedka firmasini yollaganlikda aybladi. Navalniy bu haqda Twitter’da yozib qoldirdi.

"Daryo"ning yozishicha, siyosatchi o‘z postiga The Wall Street Journal’da chop etilgan maqola havolasini ham ilova qildi va shunday yozdi:

«Mana kimdir (Bu Usmonov bo‘lgan deb hisoblayman) menga qarshi dalil to‘plash uchun Isroil razvedka firmasini yollagani haqida o‘qing.

Albatta, menga qarshi dalil topa olishmagan. Sababi, esa mening hayotda yashiradigan narsam yo‘q».

The Wall Street Journal’da chop etilgan maqolada Isroildagi maxfiy razvedka firmasi taniqli insonlarga qarshi dalil to‘plashda agressiv usullardan foydalanishi fosh etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!