Aleksandr Vuchich: "Maslahatlashuvlar natija bermadi"

Aleksandr Vuchich: "Maslahatlashuvlar natija bermadi"

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tan olinmagan Kosovo bosh vaziri Albin Kurti bilan 14 sentyabr kuni Bryusselda o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natija bermaganini ma’lum qildi.

"Biz Kosovo Bosh vaziri bilan muzokaralar olib bordik. Ular munosabatlarni normallashtirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lini topish nuqtai nazaridan muvaffaqiyatsiz yakunlandi deb o‘ylayman. Ikkimizning ham o‘z takliflarimiz bor edi. Oxir-oqibat, biz Yevropa Ittifoqining murosaga kelish taklifini qabul qildik, Kurti esa buni qabul qilishni istamadi va uchrashuv yakunlandi", — deb ta’kidladi Serbiya Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!