Alabamada tropik bo‘ron: 12 kishi halok bo‘ldi

Alabamada tropik bo‘ron: 12 kishi halok bo‘ldi

AQShning Alabama shtatida ro‘y bergan tropik bo‘ron oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

Klodet bo‘roni bir necha kundan beri davom etmoqda va AQShning janubi-sharqiy qismlarini suv ostida qoldirib, Atlantika sohiliga qarab harakatlanmoqda.

Alabamada ikki mashina to‘qnashishi natijasida o‘n kishi, shu jumladan, to‘qqiz bola halok bo‘ldi. Shuningdek, 24 yoshli ota va uning uch yashar o‘g‘li o‘z uyida qulagan daraxt ostida qolib vafot etgan.

Yomg‘ir katta miqdordagi toshqinlarga sabab bo‘ldi, aholi punktlaridan odamlar evakuasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!