"Al-Hilol" Messiga "An-Nasr" Ronalduga to‘layotgan maoshdan ko‘ra ko‘proq pul taklif qilmoqchi

"Al-Hilol" Messiga "An-Nasr" Ronalduga to‘layotgan maoshdan ko‘ra ko‘proq pul taklif qilmoqchi

“Al-Hilol” klubi “PSJ” hujumchisi Lionel Messiga rekord miqdordagi taklif bilan chiqishga tayyor, deb xabar beradi Daily Mirror.

Nashrning yozishicha, Saudiya klubi argentinalikka yiliga 220 million yevro to‘lashga tayyor, bu esa uni dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"da yiliga 200 million yevro oladi.

Avvalroq, "Barselona" vise-prezidenti Rafa Yuste Messining jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Messi, shuningdek, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xaviga "Barsa"ga qaytish istagi haqida ma’lum qilgan.

35 yoshli hujumchining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!