Airbus Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun birinchi A400M harbiy transport samolyotini Qozog‘istonga jo‘natishga tayyorlanmoqda. Qozog‘iston 2021 yilda ikkita samolyotga buyurtma bergan edi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
“Qozog‘iston Respublikasi uchun birinchi A400M samolyoti bo‘yoq sexini tark etdi”, — deya xabar beradi Airbus.
Avval xabar qilinganidek, Airbus A400M og‘ir yuk ko‘taruvchi harbiy transport samolyoti hisoblanadi. U harbiy va fuqarolik gumanitar missiyalari doirasida havo yuk tashuvlarini amalga oshirishga qodir va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatni tashkil etishda samaralidir. Airbus A400M yetkazib berish bo‘yicha shartnoma xodimlarni o‘qitish va texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar paketini o‘z ichiga oladi.
Prezident – Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vazirligi rahbarining armiyaning jangovar tayyorgarligi holati to‘g‘risidagi hisobotini tingladi. Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Harbiy instituti Mi-8 vertolyoti ekipajining mohirona harakatlari tufayli Oyil tumani Bersiyev qishlog‘ining 15 nafar fuqarosi qutqarildi. Vertolyot odamlarni qutqarish uchun suv bosgan binoning tomidan bir metr balandlikda turdi.
Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining vertolyot ekipajlari mahalliy aholini suv toshqinlari oqibatlaridan qutqarish, oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak va eng zarur mahsulotlarni yetkazib berishda ishtirok etishda davom etmoqda. Harbiy uchuvchilar 10 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib berishdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Россия президенти Владимир Путин Украина билан ўтказилаётган музокараларда меморандумлар қарама-қарши бўлса-да, томонлар «яқинлашиш йўлларини излаш» учун мулоқотни давом эттиришга тайёр эканини маълум қилди.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.