yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (50 foiz);
kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (42 foiz);
transport xarajatlarining oshishi (29 foiz);
Mart oyida kelgusida narxlarga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida valyuta kursining o‘zgarishi hamda kommunal xizmatlar narxining oshishini qayd etgan respondentlar ulushi ko‘paygan bo‘lsa, transport xarajatlarining oshishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.
Tadbirkorlik sub’ektlarining inflyasion kutilmalari
Mart oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’ektlarining kutilmalari 12,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foiz bandga pasaygan.
Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
valyuta kursining o‘zgarishi (61 foiz);
yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishi (44 foiz);
kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (38 foiz);
transport xarajatlarining qimmatlashishi (33 foiz).
Valyuta kursi o‘zgarishini narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar ulushi oshgan bo‘lsa, yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishini inflyasiyaga asosiy sabab bo‘ladi deb belgilaganlar salmog‘i kamaygan.
So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyasion kutilma axborot texnologiyalari (16,8 foiz) va qurilish (14 foiz) sohasida ishlovchilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani turizm sohasida faoliyat yurituvchilar belgilagan. Tadbirkorlik sub’ektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (15) sohasiga, eng optimistik kutilma esa turizm (10,8) sohasiga to‘g‘ri kelgan.Hududlar kesimida aholi inflyasion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (16,9 foiz) va Toshkent viloyatida (14,3 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Jizzax (9,9 foiz) va Qoraqalpog‘istonda (10 foiz) qayd etilgan. O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toshkent shahri (14,4 foiz) va Qashqadaryo viloyatida (13,3 foiz) baland, Qoraqalpog‘istonda (10,3 foiz) esa eng past bo‘lgan.Daromadlari 7 mln va undan yuqori bo‘lgan aholining inflyasion kutilmalari respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori shakllangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Россия президенти Владимир Путин Украина билан ўтказилаётган музокараларда меморандумлар қарама-қарши бўлса-да, томонлар «яқинлашиш йўлларини излаш» учун мулоқотни давом эттиришга тайёр эканини маълум қилди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.