Afg‘onistonda minalar har oyda 180 kishini hayotdan olib ketadi

Afg‘onistonda minalar har oyda 180 kishini hayotdan olib ketadi

Afg‘oniston minalarni yo‘qotishni muvofiqlashtirish markazi raisi Muhammad Shihob Hakiymiy mamlakatda har oyda o‘rtacha 180 kishi minalar tufayli halok bo‘lishini aytdi.

Hakiymiy "Anadolu"ga bergan intervyusida Afg‘oniston 40 yildan beri urush olovi ichida ekaniga va minalar insonlarni hayotdan olib ketayotganiga ishora qilgan.

Markaz bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi ichki urushlar davomida o‘rnatilgan minalar portlashida eng ko‘p bolalar qurbon bo‘lgan.

Shuningdek Afg‘oniston favqulotda holatlar idorasi vaziri Najib Oq Fahim mamlakatda 2500 kv km maydon minalardan tozalanganini aytgan.

Fahim hozirda minalardan tozalashni qo‘llab quvvatlaydigan ajnabiy muassasalarning yordami kamayganiga va hali mamlakatda 100 minglab portlamagan mina va bombalar borligiga ishora qilgan.

U: "mamalkatning turli mintaqalarida 30 yildan buyon 19 million portlamagan bomba va minalar zararsiz holga keltirildi", dedi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!