Abituriyentlar uchun: OTMga kirish imtihonlari tartibi va bu boradagi yangiliklar ma’lum qilindi

A A A
Abituriyentlar uchun: OTMga kirish imtihonlari tartibi va bu boradagi yangiliklar ma’lum qilindi

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 milliondan ortiq abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda.

Alohida qayd etish lozimki, qabul jarayonida abituriyentlar uchun ko‘plab yangiliklar va qulayliklar yaratilishi rejalashtirilgan.

Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi tomonidan 2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, adolatli va shaffof o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Ta’kidlanishicha, Davlat test markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda 2 xil ssenariy asosida 87 ta katta sig‘imli pavilyonlar hamda 53 ta stadion va xiyobonlar tanlab olinib, chizma loyihalari tayyorlandi va tegishli tashkilotlar bilan kelishildi hamda bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilish va tasdiqlash uchun rasmiy murojaat yuborildi.

Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan 2022/2023 o‘quv yili qabulida respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etadigan nomzodlar uchun joriy yilning 24-28 mart kunlari o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Nomzodlar Oliy va o‘rta maxsus vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlaridan iborat. Mashg‘ulotlar va saralash bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘quv yili kirish test sinovida majburiy uchta fan bo‘yicha 30 ta savol bo‘ladi. Barcha fanlardan har bir to‘g‘ri javobga 1,1 ball berilishi belgilanib, maksimal ko‘rsatkich 33 ballni tashkil etmoqda. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita ixtisoslik fanlari bo‘yicha 30 tadan jami 60 ta savol bo‘lib, birinchi fan uchun har bir to‘g‘ri javobga 3,1 balldan, jami 93 ball, ikkinchi fan uchun esa har bir to‘g‘ri javobga 2,1 balldan, jami 63 ball beriladi. Ikkala fandan maksimal 156 ball to‘plash mumkin. 5 ta fan bo‘yicha umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori natija 189 ballni tashkil etadi.

Kirish test sinovlarida foydalaniladigan 14 ta umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari tafsilotlari hamda abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtirilgan test topshiriqlari ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan namunaviy test topshiriqlari respublikaning barcha hududlarida 2022 yilning fevral, mart va aprel oylarida jami 3 marotaba aprobasiyadan o‘tkazildi. 14 ta umumta’lim fani bo‘yicha o‘tkazilgan aprobasiya jarayonining har bir bosqichida 5 000 nafardan, jami 15 000 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Test topshiriqlari akademik lisey va ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilari tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi.

2022 yil 10 aprelga qadar Oliy ta’lim muassasalari bakalavriati, professional ta’lim muassalari, akademik liseylar va O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish uchun kirish test sinovlari, o‘qishni xorijiy oliy talim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida foydalaniladigan 14 ta fandan belgilangan rejaning 100 foizi hisobida test topshiriqlari ishlab chiqildi. Test topshiriqlari rus tiliga tarjima qilinmoqda.

2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida foydalanish uchun qardosh (qoziq, qirg‘iz, tojik, turkman tili va adabiyoti) tillaridan belgilangan miqdorda test topshiriqlari ishlab chiqildi va birlamchi ekspertizadan o‘tkazildi. Bugungi kunda savollar bazasi shakllantirib bo‘lindi. Biroq odatdagidek test topshiriqlarining ekspertizalari, boshqa tillarga tarjimasi davom etmoqda.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, may – iyul oylari davomida, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislarini jalb etgan holda qoraqalpoq tili va qardosh (qoziq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillariga fizika, tarix, kimyo, biologiya, matematika va geografiya (6 ta fan, 5 ta til) fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tarjimasi amalga oshiriladi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislarini jalb etgan holda sharq (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon), ispan, italyan tillaridan test topshiriqlari ishlab chiqiladi va ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ma’lumki, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida faqat zarur hujjatlarni ko‘rsatishi va qayd etishi kerak. Agar abituriyent o‘ziga tegishli hujjatlarda yoki imtiyozlarga oid ma’lumotlarda soxtakorlikka yo‘l qo‘ysa va natijasiga ko‘ra talabalikka tavsiya qilinsa, baribir talabalar safidan chetlashtiriladi. Ularga o‘qishni qayta tiklash imkoniyati berilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlarida maktab bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini inobatga olish rejalashtirilmoqda. O‘rtacha ko‘rsatkich test sinovlari tugagach, tanlovdan oldin qo‘shilishi taklif etilgan. Qabul testlarida maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmasligi belgilanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Ommaviy havo hujumi: F-16 uchuvchisi halok bo‘ldi

Ҳужум оқибатларидан фотосуратлар ва расмий маълумотлар маҳаллий ҳокимиятлар томонидан эълон қилинган.

Zelenskiy: Tailandda F-16 uchuvchisining halok bo‘lish sabablari o‘rganiladi

Украина президенти Владимир Зеленский Россия томонидан Украинага қилинган навбатдаги кенг кўламли ҳужумдан сўнг ўз муносабатини билдирди.

Moskva Bokuning noroziligiga javob berdi

Россиянинг Озарбайжондаги вақтинчалик ишлар бўйича вакили Пётр Волоковых Озарбайжон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигига чақирилди.

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.

Ikki karra "Oltin to‘p" sohibasi kasalxonaga tushib qoldi

Икки карра "Олтин тўп" соҳибаси Бонмати менингит билан касалхонага ётқизилди.

“Krokus”dagi terakt ijrochilari ularning tashkilotchisi Ukraina bo‘lganini tan oldi

Чегарани кесиб ўтишда ёрдам бериши керак бўлган гуруҳ Брянск вилоятида уларни кутиб турган.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.