“Abbosbek Fayzullayev RPLning bezagiga aylanib ulgurdi” — Boris Ignatyev

“Abbosbek Fayzullayev RPLning bezagiga aylanib ulgurdi” — Boris Ignatyev

Rossiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Boris Ignatyev Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“‘SSKA’ Fayzullayevni oldi. Balki ular Abbosbek uchun ‘Zenit’ Malkomga sarflagan pulchalik sarflamagandir. Lekin Fayzullayevni braziliyalik futbolchidan yomonroq deya olmayman. Bu chinakam jiddiy seleksiya, klubning professional ishi bo‘lgan.

Bunga qadar Abbosbekni kam odam tanirdi, lekin u RPLga keldi va boshqalardan kuchli ekanligini isbotladi. O‘z mahoratini ko‘rsatdi. Fayzullayev liganing bezagiga aylanib ulgurdi”, — deydi Ignatyev.

O‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!