94 yoshli Yelizaveta II ikki oy deganda ko‘rinish berdi

94 yoshli Yelizaveta II ikki oy deganda ko‘rinish berdi

Britaniyada karantin yumshatilayotgani munosabati bilan qirolicha Yelizaveta II bahorning so‘nggi kunida Vindzor qasri hovlisidagi parkda poni otiga minib sayr qildi, deb yozadi Reuters.

Ponining laqabi Fern, uning yoshi 14 da. Qirolicha ot minishga qiziqishi bilan mashhur.

94 yoshli qirolicha 98 yoshli turmush o‘rtog‘i Filipp bilan Vindzor qasrida karantinni o‘tkazmoqda. Pandemiya vaqtida qirolicha o‘z qasridan turib, bir necha marta aholiga murojaat yo‘lladi.

Elizaveta II so‘nggi marta mart oyining oxirida Bukingem qasridan chiqayotganida ommaga ko‘rinish bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!