8 mart munosabati bilan xotin-qizlarga pul sovg‘asi beriladi

8 mart munosabati bilan xotin-qizlarga pul sovg‘asi beriladi

Turkmanistonda 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan xotin-qizlarga pul sovg‘alari berilmoqda, deya xabar berdi turkmenistan.gov.tm nashri.

Dastlab bog‘cha tarbiyalanuvchilariga prezident sovg‘alari topshirildi. Xabarda aytilishicha, har bir xotin-qizlarga 17 dollargan pul sovg‘asi beriladi.

Turkmaniston prezidentining farmoyishiga muvofiq, joriy yil 1 martdan 6 martgacha bo‘lgan davrda mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, pensiya va davlat nafaqalari oluvchi, maktab, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi ayollar va qizlar Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul sovg‘alari olishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!