6-sinf o‘quvchisi qiz ikki sinfdoshini otib qo‘ydi

6-sinf o‘quvchisi qiz ikki sinfdoshini otib qo‘ydi

AQShning Aydaxo shtati polisiyasi 11-12 yoshli qiz ikki sinfdoshini otib qo‘ygani haqida xabar qildi.

6-sinfda o‘qiydigan qiz Rigbidagi o‘rta maktabga to‘pponcha olib kelgan va undan o‘q uzgan. O‘qituvchilardan biri qizning qo‘lidan qurolini olib, polisiya kelguncha uni ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Voqeaga nima sabab bo‘lgani hali aniq emas.

“Qiz ryukzakidan to‘pponcha olib chiqib maktab ichida va tashqarisida bir necha marta o‘q uzgan”, – deydi okrug sherifi.

Ayni paytda FQB va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeani o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!