30 yoshdan oshgan yosh oila – “Yosh oila” emas...mi?

30 yoshdan oshgan yosh oila – “Yosh oila” emas...mi?
Agar ular 30 yoshida turmush qurgan bo‘lsa-chi? Shunda ham yosh oila hisoblanmaydimi? Bu tushuncha yoki atama qay darajada to‘g‘ri?
Mustaqilligimizning ilk yillaridayoq, ya’ni 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi va 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar qiyoslandi va bir-biriga o‘xshash, farqli jihatlari tahlil etildi.
Qabul qilinganiga ikki yil to‘lgan yangi qonunda yosh oila – er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) hisoblanadi, deb belgilab qo‘yilgan. Avvalgisida imtiyozlardan foydalanish uchun yoshlar birinchi nikohda bo‘lishi shart va agar ular ajrashsa yoki vafot etsa, ular bu imtiyozdan foydalana olmasdi.
Ayni vaqtda agar 30 yoshdan oshgan oila bo‘lsangiz, yosh oila sifatida bankdan imtiyozli kredit ola olmaysiz. Imtiyozli o‘qish kurslari, uy-joy, kredit olish kabilar endi sizdan yiroq. Ko‘plab tanlovlarda ham ishtirok eta olmaysiz...
 
Ammo boshqa huquqiy hujjatlar asosida qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin.
Yoshlar bu borada ham o‘z takliflarini bermoqda. 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!