3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni

A A A
3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!