20 avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

20 avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Samarqand va Jizzax viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Qashqadaryo viloyatida shamolning tezligi sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingnarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

19-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga Ural tumanlaridan sovuq havo oqimi kirib keladi.

19-20 avgust kunlari respublika bo‘ylab ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

19 avgust kuni Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘ylab;

20 avgust kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin.

20 avgust kuni havoning kunduzgi harorati 27-32 darajagacha pasayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!