145 nafar yurtdoshimiz Janubiy Koreyada ishlash uchun jo‘nab ketdi

145 nafar yurtdoshimiz Janubiy Koreyada ishlash uchun jo‘nab ketdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Xongchon okrugi administrasiyasi o‘rtasida mavsumiy ishchilar to‘g‘risida tuzilgan kelishuvga asosan mamlakatimizda 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilgan edi.

Mazkur tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi, ya’ni 115 nafari 23 iyun kuni ushbu davlatga jo‘nab ketgan.

Shuningdek, Agentlik tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga kelgan 30 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasiga ketdi.

Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketgan fuqarolar soni 420 nafarni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!