Toshkent
MXX tomonidan 14 ta modda bilan ayblangan Toshkent shahar IIBB xodimi “ishi” sudda ko‘riladi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Kassasiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilayotgan “ish”da Toshkent shahar IIBB xodimi bo‘lgan Sanjarbek Zokirbekovdan tashqari bir qator mahkumlar ham guvoh sifatida jalb etilgan.
Toshkentda poyezd ustida "selfi" qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi poyezd ustida selfi qilishga urinishi oqibatida vafot etdi. “Huquq” gazetasida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, Sobirjon (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) maktabdan qaytayotganida ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarini hayron qoldirish maqsadida o‘zgacha “celfi” tushmoqchi bo‘ladi.
Toshkentda 12 kunlik chaqaloqni sotayotgan ona va dallol qo‘lga olindi (video)
Toshkent shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotib yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Tibbiyot birlashmasi hududidan temir quvurlarini kesib, o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 22 iyul kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida noma’lum shaxs tuman Tibbiyot birlashmasi hududidan umumiy qiymati 6 mln 230 ming so‘mlik bo‘lgan temir quvurlarini kesib, o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘yliq dehqon bozori yonida avtobusda yong‘in chiqdi (foto)
Bugun, 28 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahridagi Qo‘yliq dehqon bozori yonida avtobusda yong‘in chiqqan haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkentda qidirilayotgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi, yana biri qidiruvda (foto)
Toshkentda qidirilayotgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Sergelida qurilayotgan arzon uy-joydan olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Fuqaro Zaynab Xoldorova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) anchadan buyon shunday Sergelida qurilayotgan arzon uy-joylardan olmoqchi bo‘lib yurgandi. Unga tanishi Mehri Sattorova Bahrom ismli tanishi borligini aytib, shu yigit bilan gaplashib ko‘rishni maslahat berdi.
Metroda talaba poyezd yo‘liga qanday tushib ketdi? Tafsilotlar ma’lum
Bugun soat 13:49 da Toshkent metropolitening «Novza» bekati ikkinchi yo‘liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketgani haqida sal avval xabar qilgandik.
Yulduz Oripova: “Ha, sud bo‘ldi. Men norozi bo‘ldim”
Avvalroq, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning oilasida meros mojarosi yuzaga kelgani, Yakkasaroy tumanlararo sudi Abdulla Oripovdan qolgan mol-mulk bo‘yicha ajrim chiqargani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan xabarlar markazida bo‘layotgan Yulduz Oripova munosabat bildirdi.
Senat raisi: “Xalq vakillari tashabbus ko‘rsatmasa, oddiy odamlar nima qilishi mumkin?”
Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev majlis ishtirokchilariga «Muammolarning yechimi bo‘yicha xalq vakili bo‘lgan deputat yoki senator tashabbus ko‘rsatmasa, mas’ul tuzilmalarning yaxshi ma’noda ‘tinchini buzib’, bong urmasa, oddiy odamlar nima ham qilishi mumkin?», — deya murojaat qildi.
Abdulla Oripov oilasida meros mojarosi: sud ajrim chiqardi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovdan qolgan meroslarni bo‘lish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtning 22 ta chorrahasida yangi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda (foto)
Poytaxtning 22 ta chorrahasida svetoforning qizil chirog‘iga, barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar beradi.