Toshkent

Toshkentda maktab direktorlarini o‘t yulishga majbur qilgan hokim o‘rinbosari jazolandi

Soat 6.30dan maktab direktorlariga o‘t yuldirib, majburiy obuna qildirgan va uyma-uy yurdirtirgan hokim o‘rinbosari jazolandi.

17-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan erkak vafot etdi

Shu yilning 27 may kuni poytaxtlik SH. avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.

"O‘rikzor"dagi do‘kon sotuvchisi va uning 5 nafar oila a’zosi koronavirus yuqtirgan

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Olmazor tumanida nafaqadagi fuqaroda, Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” savdo majmuasida yana bir do‘kon sotuvchisi va uning 5 nafar oila a’zosi (onasi, ikki nafar qizi, o‘g‘li va jiyani)da koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Toshkentdagi “Media Park” savdo majmuasining yana 2 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Bugun ayni paytgacha Toshkent shahrida aholi orasida yana 3 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan bo‘lib, jumladan, Shayxontohur tumanidagi “Media Park” savdo majmuasining yana 2 nafar xodimida ham koronavirus qayd etilgan. Bu haqda SSV xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB jinoyatni tezda fosh qildi

2 iyun kuni soat 15.30 da Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasida noma’lum shaxs “GAZ-33” yuk avtomobilining eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, salondan 24 yoshli haydovchi Javlon Y.ga tegishli bo‘lgan 200 AQSh dollari va 1.500.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Angrenda yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor! 8 iyundan jamoat transportiga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 8 iyunidan «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi (damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno).

Dahshat! Toshkentda 8 yil avval yo‘qolgan 17 yashar qizning suyaklari topildi

Sakkiz yil avval bedarak yo‘qolgan 17 yashar (o‘sha paytda) qizning daragi chiqdi. U qotillik qurboni bo‘lgan ekan.

+22. Toshkent va Namanganda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020 yil 5 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3987 (+22) nafarni tashkil etmoqda.

Koronavirus! Toshkentda yangi rekord qayd etildi

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Toshkentlik erkakni kaltaklashdi. U kasalxonada

Toshkent viloyati. 2020 yil 30 may kuni soat 18:00 da 30 yoshli J.B., Olmaliq shahar Poklonskaya ko‘chasida joylashgan uylar oldida, tanishi 32 yoshli S.D., bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan, janjal oqibatida J.B., tayoq bilan S.D., ni bosh qismiga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Toshkentdagi “Mediapark” savdo majmuasi qo‘riqchisida koronavirus aniqlandi

Toshkent viloyatida yashovchi, poytaxtimizdagi Shayxontohur tumanida joylashgan “Mediapark” savdo majmuasida qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda ham tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, quruq yo‘tal va tomoqda og‘riq bezovta qilgan.