Toshkent
Toshkentda Isuzu «Kamaz»ga borib urildi
YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Diqqat! Toshkentda bedarak yo‘qolgan yigit qidirilmoqda
Bektemir tumani IIO FMB bedarak yo‘qolgan 1999 yilda tug‘ilgan, Bektemir tumani, Istiqbol ko‘chasida ro‘yxatdan o‘tgan Ayapxanov Xojiakbar Abdug‘ani o‘g‘lini qidirmoqda.
Yashnobodda yong‘in: rasmiy ma’lumot berildi
Bugun 9 iyun kuni soat 9:06da Poytaxtimizning Yashnobod tumani, Mo‘ynoq ko‘chasi 241-uyda joylashgan “Radiator Elit” MCHJga qarashli alyumin radiatorlar ishlab chiqarish sexida yong‘in kelib chiqqan.
+66. Toshkentda 80 yoshli otaxon koronavirusdan tuzaldi
Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 66 nafar bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning 40 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 80 yoshli otaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan.
“Archako‘cha”da yigitlar nega pichoqlashgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida bir guruh yigitlar pichoqbozlik uyushtirayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Keyinchalik, ushbu janjalda qatnashgan yigitlarning biri shifoxonada vafot etgani xabar qilindi.
Toshkentdagi anhorda yarim tunda ayol kishi oqib ketdi, ammo...
Joriy yilning 8 iyun kuni taxminan soat tungi 00:45 larda Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyi atrofida tungi xizmatni o‘tashga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu hududda joylashgan Anhor kanalida oqib kelayotgan noma’lum shaxsni ko‘rib qolib, tezkorlik bilan suvga sakrab, uni kanal chekkasiga olib chiqishgan.
Toshkentda yarim tunda 25 yashar yigitning ko‘ksiga pichoq urishdi
5 iyun kuni soat 00.10 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 25 yoshli Ivan A. sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga tushganligi haqida xabar kelib tushdi. Yigit olgan jarohatlari sababli tez orada hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida odam suyaklari topildi!
Joriy yilning 3-4 iyun kunlari soat taxminan 18:00 da Yangiyo‘l tumani Madaniyat MFY Baxt qishlog‘i, 35-uyda uyda yashovchi S.Abdug‘aniyevaning yashab turgan joyi hovlisida chuqur qaziladi. Qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda u yerda qabr borligi ma’lum bo‘ladi.
+62. Toshkentda Armaniston fuqarosi koronavirusdan tuzaldi
Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 32 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 62 nafar bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.
“Archako‘cha”da pichoqlangan yigitlarning biri vafot etdi
Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) bir guruh yigitlar o‘rtasida janjal bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Hodisada ikki yigit pichoqlanib, shifoxonaga yotqizilgandi.
Toshkentdagi tug‘ruqxonada koronavirusga chalingan ayol ona bo‘ldi. Tug‘ruq 7 soat davom etdi (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar, jumladan, homilador, tug‘ruqdagi va tuqqan ayollarni davolashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Toshkentda 17 yoshli sartarosh bir yigitni qaychi bilan qasddan o‘ldirdi
5 iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida 26 yoshli yigit halok bo‘ldi.