Koronavirus! Toshkentda yangi rekord qayd etildi

Koronavirus! Toshkentda yangi rekord qayd etildi

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida  22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

❗️Koronavirusga qarshi fidoyilik bilan kurashayotgan shifokorlarimizning sa’y-harakatlari tufayli bugunning o‘zida  Toshkent shahridan bir yo‘la 140 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lib, shu paytgacha kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Ular orasida 84 yoshli onaxonning ham shifo topgani  yanada quvonarli voqea bo‘ldi.
Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1234 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1374 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 516 nafarni tashkil etmoqda.

❗️Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3227 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!