Samarqand
Samarqand viloyat hokimi haqidagi gap so‘zlar haqiqatga yaqinmi? Erkinjon Turdimovga aslida nima bo‘lgan edi?
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligi bilan bog‘liq savollar, aniqrog‘i har xil mish-mishlar ikki haftadan beri tingan emas. Odamlarimiz shunchalik sensasiyaga o‘chmi yoki amaldor salomatligi haqidagi ma’lumotlar ochiq bo‘lishi kerakmi?
Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Firdavsiy ko‘chasi 84-manzilda qurilgan yangi ko‘p qavatli uyda qurilish-ta’mirlash ishlarida kamchiliklar borligi, aholisi binoga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, allaqachon buzila boshlaganligi, aksariyat fuqarolar qurilgan uyni o‘zlari qaytadan ta’mirdan chiqarganliklari to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Samarqandda talaba tanishini Qirg‘iziston Respublikasi universitetiga o‘qishga kiritishga va’da berdi, lekin...
Samarqand medisina instituti talabasi tanishini chuv tushirishiga bir bahya qoldi. Jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.
Samarqand viloyatidagi «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomli firmaning nomi o‘zgardi
Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston va AQSh prezidentlari ismlariga atalgan tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatga olinganligi haqida munosabat bildirdi.
Samarqand–Kitob dovon yo‘li yana ochildi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Samarqandda "Jo Bayden" MCHJ ochildi (FOTO)
Samarqand shahrida AQShning yangi prezidenti Jo Bayden nomi bilan tadbirkorlik sub’ekti ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Samarqand viloyati va Kitob tumanini bog‘lovchi dovon yopildi
Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi "pereval" yopildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
1 gektar yer uchun 30 ming AQSh dollari: Samarqandda hokimiyat vakillari fuqarodan pora talab qildi
Fuqaro I.S. DXX Samarqand viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Urgut tumani hokimligi Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati xodimi N.SH. va uning sherigi N.I.lar Urgut tumani erkin iqtisodiy zonasi hududida mavjud zaxira yer maydonidan 1 gektar yer maydoni ajratib berishi evaziga undan 30 ming AQSh dollari miqdorida pullarni berishini talab qilib kelishayotganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Samarqandda 16 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi (FOTO)
Kattaqo‘rg‘on shahar, “O‘rikzor” MFY, U.Barnayev 1-berk ko‘chasi, 9-uyda yashab kelgan, 14.11.2004 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan, Ergasheva Pokiza Jamshid qizi 2021 yil 10 yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Jinsiy zo‘ravonlik: Samarqandda IIBga shikoyat qilgan fuqaro izsiz g‘oyib bo‘ldi
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda bolani kaltaklagan bog‘cha mudirasi ishdan ketadi
Joriy yil 17-yanvar kuni maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolaning qo‘llari va yuziga ayol kishining urayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Samarqanddagi bog‘cha mudirasi bolakayni nega urganini aytdi (VIDEO)
Samarqanddagi MTM mudirasi Rohatoy Ahrorova «Zamon» ko‘rsatuviga bergan intervyusida videolavhaga izoh berar ekan, o‘zini to‘g‘ri tuta olmaganini va qiziqqonlik qilganini ta’kidladi. U bolaning haqoratli so‘zlarni aytganini ma’lum qildi.