Vladimir Putin

Tramp Hindistonga borishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Dehlining Hindistonga 2019 yil 26 yanvarda Respublika kuni nishonlanishi vaqtida bosh mehmon sifatida kelish taklifiga rad javobini berdi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pitsburgdagi sinagogada sodir etilgan otishmada ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Turkiyada Suriya bo‘yicha oliy darajali sammit boshlandi

27 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat rahbarlari ishtirokida Suriya masalasiga bag‘ishlangan sammit boshlandi.

Donald Tramp Rossiya uchun «eng yomon hodisa» nimaligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp saylovlarda uning g‘alabasi Rossiya uchun «eng yomon hodisa» bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Putin haqida berilgan savolga robot Sofiya qanday javob berdi?

Birinchi marta Ukrainaga tashrif buyurgan robot Sofiya Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida hech narsa aytolmadi.

Jamol Qoshiqchining qallig‘i Tramp bilan uchrashishdan bosh tortdi

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Hadicha Dengiz AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyga kelish taklifini nosamimiylik deb, rad etdi.

Xitoy Trampga "tuzukroq" telefondan foydalanishni tavsiya qildi

Xitoy va Rossiya rasmiylari Donald Trampning telefoni mazkur mamlakatlar maxsus xizmatlari tomonidan eshitib turilgani haqidagi The New York Times nashrida e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirdi.

Putin agar AQSh barcha kelishuvlardan voz kechadigan bo‘lsa qurollanish poygasi boshlanishini bildirdi

Rossiyani qurollanishni cheklash sohasidagi vaziyat, aniqrog‘i, davlatlarning bu boradagi strategik shartnomalarni rad qilishi tashvishlantirmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. U agarda AQSh bu sohadagi barcha shartnomalardan voz kechadigan bo‘lsa qurollanish poygasi boshlanishini aytdi.

Putin va Trampning navbatdagi uchrashuvi Parijda bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Parij shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tramp: “Bu tarixdagi eng yomon cho‘pchak”

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni tomonidan jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini “tarixdagi eng yomon cho‘pchak” deb atadi.

AQSh 21 nafar saudiyalikka davlatga kirishni taqiqladi

Qo‘shma Shtatlar hukumati Saudiya Arabistonining 21 nafar vakiliga Amerika vizalarini bekor qildi yoki davlatga kirishni taqiqladi, bu saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sababli yuz berdi. Bu haqda Reuters Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertga tayanib xabar qilmoqda.

Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni kiritish to‘g‘risida qaror imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar haqida qarorni imzoladi.