Hodisalar

O‘zbekistondan uchgan ikkita samolyot va yana 370 dan ortiq boshqa reyslar dron tahdidlari tufayli Moskvaga qo‘na olmadi

Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, tungi vaqtda shaharga yaqinlashayotganda 134 ta dron urib tushirilgan. Parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar bugun ertalab bekor qilina boshladi.

Ilon Mask Trampga Ukrainada Starlink faoliyatini cheklashni taklif qilgan

Bu haqda The Telegraph bir nechta manbaga tayanib xabar berdi.

Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova tatamiga qaytmoqda

Keldiyorova mazkur musobaqada avvalgi vazn toifasi — 52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida tatamiga chiqadi.

Yangi Toshkentga investisiya kiritish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi

Xizmat o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida ishlaydi. Dastlabki bosqichda loyiha konsepsiyasini taqdim etish kifoya.

Tramp Ukrainada Starlink aloqasi sekinlashtirilganiga aloqasi yo‘qligini aytdi

Trampning aytishicha, u Ukrainadagi Starshield tizimi bilan bog‘liq muammolar haqida ertalabki yangiliklar orqali xabar topgan.

EI Ukrainaga 2027 yilgi yordam mablag‘ini hali belgilamadi

EI yetakchilari moliyalashtirish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlashni Yevropa komissiyasiga topshirdi.

Isroil Yaqin Sharqda keskinlikning yangi to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin

Isroil harbiy qo‘mondonligi Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga qo‘shimcha diviziyani joylashtirdi va harbiy harakatlar ehtimoliga tayyor ekanini bildirdi.

AQSh Prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli ham ishdan ketdi

Ayni paytda bu xabarni eshitgan AQSh prokurorlari Zampolliga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ish ochishga ham tayyorgarlikni boshlagan.

AQSh kongressmenlari Trampning Rossiya bilan dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuviga qarshi qonun loyihasini taqdim etdi

Bu haqda Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasi demokratlari xabar berdi.

«Arizani tinchitish» uchun o‘zini Prezident Adminstrasiyasi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs 8 yilga qamaldi

Toshkentda yashovchi 72 yoshli H.YU. buxorolik tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Prezident Administrasiyasi mas’ul xodimi sifatida tanishtirgan.

Rossiya harbiylari Xersonga sakkizta aviabomba tashladi

Bu haqda Xerson ma’muriyati xabar berdi.

Oq uyning yangi matbuot kotibi Keti Zakariya ishdan ketdi

Bu haqda The New York Times gazetasi vaziyatdan xabardor uchta manbasiga asoslanib xabar berdi.