AKSh
AQSh Senati Rossiyani terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi
AQSh senatorlari Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi ikki partiyaviy qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
AQSh va Xitoy yadroviy qurol bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Qo‘shma Shtatlar va Xitoy besh yil ichida birinchi marta yadroviy qurol bo‘yicha ekspertlar va sobiq amaldorlar o‘rtasida «ikkinchi yo‘l» muzokaralarini o‘tkazdi.
AQSh savdo vakili idorasi O‘zbekistonga go‘sht eksport qilish markazini tashkil etdi
AQSh Savdo vakili idorasi O‘zbekistonga go‘sht eksport qiladigan markaz tashkil etgan. Bu haqda AQSh savdo vakili idorasi hamda O‘zbekiston rasmiylari e’lon qilgan bayonotga asoslanib, Meat+Poultry xabar berdi.
Baydenning yangi rejasiga ko‘ra, yarim million migrant AQSh fuqaroligini olishi mumkin
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati amerikaliklarning hujjati yo‘q migrant turmush o‘rtoqlariga doimiy yashash va oxir-oqibat fuqarolik olish uchun ariza topshirishlariga ruxsat berishini aytdi. Bu harakat, CBS ta’kidlashicha, yarim millionga yaqin odamga ta’sir qilishi mumkin.
AQSH, Kanada, Yaponiya va Filippin ikki kunlik qo‘shma dengiz mashqlarini o‘tkazdi
Mashqlar xalqaro huquq va dengiz xavfsizligi doirasida o‘tkazildi, deyiladi AQSh Tinch okean floti bayonotida.
Baydenning o‘g‘li qurol ishi bo‘yicha sud qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda
AQSh prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanterning advokatlari qurol bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha yangi sud jarayonini o‘tkazish uchun ariza berdi. Biroq hujjat chop etilganidan bir necha daqiqa o‘tib sud ma’lumotlar bazasidan o‘chirib tashlandi, deb xabar berdi Reaturs.
AQSh ISHIDning bosh yetakchisiga qarshi havo hujumi uyushtirdi
AQSh harbiylari “Islomiy davlat” (ISHID) bosh yetakchisi Abdulqodir Mo‘minga havodan hujum qildi. Biroq uning o‘limini hozircha tasdiqlash imkoni yo‘q. Bu haqda NBC xabar berdi.
Baydenning saylovoldi shtabi Trampni obro‘sizlantirish uchun 50 million dollar ajratdi — OAV
Amaldagi prezidentning siyosiy strateglari sobiq prezidentga qarshi reklama kampaniyasini boshlamoqchi.
Oq uy: Bayden sahnada qotib qolmadi, balki tarafdorlari bilan salomlashdi
Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Endryu Beyts Amerika rahbari bilan yana bir noqulay vaziyatni tushuntirishga harakat qildi.
“AQSh va Buyuk Britaniya bilvosita kuchlar orqali ISHIDni qo‘llamoqda” — Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili
AQSh va Buyuk Britaniya maxsus kuchlar va mahalliy proksi kuchlar orqali Afg‘onistondagi ISHIDni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov bergan bayonotga asoslanib, Tasnim News xabar berdi.
G7 davlatlari Rossiya aktivlarini musodara qilish chog‘ida qancha pul yo‘qotishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yil oxirida G7 a’zolari tomonidan Rossiya iqtisodiyotiga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar hajmi (hozircha so‘nggi ma’lumotlar yo‘q) 82,8 milliard dollarni tashkil qilgan.
Italiyadagi G7 sammitida Bayden eng yomon ahvolda edi
AQSh prezidenti Jo Bayden G7 sammitida so‘nggi xotirasida «eng yomon» holatda bo‘lib, ittifoqchilarda xavotir uyg‘otdi. Bu haqda The Sun gazetasi yozmoqda .