Alisher Usmonov
Alisher Usmonovning tuzilmalari Alibaba Group bilan strategik sheriklik o‘rnatdi
Alibaba Group, «Megafon», Mail.Ru Group va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi Vladivostokdagi iqtisodiy forumda strategik sheriklik tuzilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
O‘shda O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlashi ostida qurilgan maktab foydalanishga topshirildi
O‘sh shahrida O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlashi ostida qurilgan Alisher Navoiy nomidagi 18-sonli yangi zamonaviy maktab-gimnaziyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘izistonning "Turmush" nashri shu haqida xabar berdi.
Alisher Usmonov — Shavkat Mirziyoyevga: «Butun o‘zbek xalqining umidlari sizning qo‘lingizga topshirilgan»
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni milliarder Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash haqida farmon imzolagan edi. 31 avgust kuni Alisher Usmonov ushbu ordenni Prezidentning shaxsan o‘zidan qabul qilib oldi. Shundan so‘ng u kichik bir nutq bilan chiqish qildi.
O‘zbekistonda MDHda yagona bo‘lgan 4K formatli telekanal ishga tushiriladi
1 sentyabr kuni O‘zbekistonda 4K formatidagi ilk telekanal — Lux.TV ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zMTRK raisi Alisher Xodjayev Facebook sahifasi orqali ma’lum qildi.
Rashidjon Qodirov ishi: Alisher Hodiyev hibsdan ozod etildi
Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tadbirkor Alisher Hodiyev Ispaniyada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qarori asosida hibsdan ozod etildi, deb yozadi «Gazeta.uz» huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib.
Rashidjon Qodirov ishi: Alisher Hodiyev hibsdan ozod etildi
Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tadbirkor Alisher Hodiyev Ispaniyada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qarori asosida hibsdan ozod etildi, deb yozadi «Gazeta.uz» huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib.
Forbes’ning eng nufuzli rossiyaliklar reytingiga Alisher Usmonov va Iskandar Mahmudov kiritildi
Forbes eng nufuzli rossiyaliklar reytingini e’lon qildi.
Forbes eng nufuzli rossiyaliklar reytingini tuzdi. Alisher Usmonov nechanchi o‘rinda?
Forbes nufuzli rossiyaliklarning birinchi reytingini tuzib chiqdi. U 100 nafar eng nufuzli mansabdor, tadbirkorlar, top-menejerlar hamda kuch tuzilmalari vakillarini o‘z ichiga oldi.
Germaniya kompaniyasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida 27 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi
Jizzaxda viloyatning sarmoyaviy salohiyatini oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishga bag‘ishlangan xalqaro investision forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov hamda Germaniyaning nufuzli “VAMs GmbH” kompaniyasi rahbari Isroil Izoxov o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda aholiga nefrologik va gemodializ yordam sohasida yangi investisiya loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra Alisher Usmonov «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni USM Holding aksiyadorlik jamiyati asoschisi, rossiyalik tadbirkor va milliarder Alisher Burhonovich Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Onkologik xastaliklarga shifo istab xorijga borishga hojat yo‘q
Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda. Ma’lumki, onkologik kasalliklarning oldini olish va erta bosqichlarda aniqlash – juda muhim omil hisoblanadi. Onkologik kasalliklar erta bosqichda samarali davolansa, ushbu darddan to‘liq forig‘ bo‘lishi mumkin.
Bu borada so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 aprelda qabul qilingan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aholiga ixtisoslashgan onkologik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish, aholining barcha qatlamini to‘la qamrab oluvchi tizimni shakllantirish va rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Mazkur qaror asosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqdi. Jumladan, joriy yil 28 avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida «Elekta Infinity» firmasining zamonaviy chiziqli tezlatkich nur berish uskunasining o‘rnatilganligi munosabati bilan, uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, nur terapiya – onkologik bemorlarni davolashdagi asosiy usullardan biri hisoblanadi. U jarrohlik usuli bilan birga kombinirlangan va alohida shaklda qo‘llaniladi. Ushbu usul palliativ va simptomatik davo uchun ham ishlatiladi. Rivojlangan davlatlarda nur terapiya onkologik bemorlarning 60 foizdan ortig‘ini davolashda qo‘llaniladi. Markazning nur terapiya o‘tkazuvchi chiziqli tezlatkichi bilan ta’minlanishi esa yildan yilga rivojlanib, yangilanib borayotgan yangi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi va nur terapiya o‘tkaziladigan bemorlar kontingentining ortishiga, ularning hayot sifati va davolash natijalarining yaxshilanishiga olib keladi.
– Ushbu noyob va zamonaviy uskuna jahonning yetakchi klinikalaridagina mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda ham ilk bor onkologik bemorlarni mana shunday ilg‘or nur terapiya yordamida davolash imkoni yaratilmoqda. Zamonaviy nur terapiyaning o‘rni va imkoniyatlari juda keng bo‘lib, ushbu uskuna nishonga maksimal aniq davolovchi doza beradi va sog‘lom to‘qima hamda a’zolarning zararlanish ehtimolini keskin kamaytiradi, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. – Natijada, davolash samaradorligi ortadi, remissiya davri uzayadi, hayot sifati yaxshilanadi, nojo‘ya ta’sirlarning kamayishi hisobiga bemorlar nogironligi kamayadi, onkologik bemorlarning shifoxonada bo‘lish davri qisqaradi. Bunday samaralarga erishish uchun nur terapiyaning ushbu zamonaviy hajmli (3D) konformasiyalash usuli dunyoning rivojlangan davlatlarida ham keng qo‘llaniladi.
IMRT/VMAT uskunalarining qo‘shimcha ravishda yo‘llanilishi esa, hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarga doza yuklamasining keskin kamayishiga, nurdan keyingi asoratlar xavfining qisqarishiga va aniq jarayonga nisbatan optimal nur terapiya o‘tkazishga imkon beradi. Bugungi kunda bosh-bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolari o‘sma kasalliklarini davolashda rivojlangan davlatlarda ushbu texnologiya “oltin” standart hisoblanadi. Bundan tashqari, nur terapiyaning rotasion uslubda tutamlar intensivligini modulyasiya qilish (VMAT) natijasida, uskunaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati vaqtining 2-3 barobar qisqarishiga erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida o‘pka, prostata bezi kabi harakatchan a’zolardagi o‘sma nishonlarini davolashda juda muhimdir.
Bir so‘z bilan aytganda, Sog‘liqni saqlash tizimining bunday yuqori texnologiyaga asoslangan, innovasion va zamonaviy uskuna bilan ta’minlanishi Davlatimiz rahbarining halqimiz salomatligini saqlash yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosati mahsulidir.
Bugun “Islomxo‘ja” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi
Bugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida soat 18:30da haqiqiy kino ixlosmandlari, mutaxassislari tomonidan orziqib kutilayotgan “Islomxo‘ja” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.