Prezident Olmazordagi dori ishlab chiqaruvchi korxonaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «RomPharm NS» dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi.

«Biznes himoya» QR-kodini chetlab o‘tgan soliq xodimlariga chora ko‘rildi

Ma’lum bo‘lishicha, F.A. va E.B. «Biznes himoya» QR-kodi orqali ma’lumot kiritmasdan, tadbirkor bilan bir necha bor muloqotga kirishgan. Xizmat tekshiruvida ular tomonidan PF-63-sonli Farmon talablari buzilgani aniqlandi.

Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabrda Seulda Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashadi

16 sentyabrda esa tarixda birinchi “Koreya–Markaziy Osiyo” sammiti o‘tkaziladi. Unda besh davlat rahbari ishtirok etadi.

O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 sentyabr kuni Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Navoiydagi konda shina portlashi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi

Bu haqda “NKMK” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonda naqd to‘lov limiti 176 mln so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilish limiti 25 mln so‘mdan 176 mln so‘mgacha oshiriladi.

2026 yil 15 sentyabrdan boshlab almashuv kursini shakllantirish va e’lon qilish amaliyotlari takomillashtiriladi

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy valyuta almashuv kurslari faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham inobatga olgan holda hisoblanadi.

Ta’ziya! Ekopolisiya xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9 sentyabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10-sentyabr kuni inspektorning jasadi topildi.

Endi nuqsoni bor tovarlar tekshiruvdan o‘tkaziladi

Senatning 19-yalpi majlisida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun ma’qullandi.

O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada yana bir bor g‘olib chiqdi

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi jamoasi 678.4 ball bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Vetnam, uchinchi o‘rin esa Turkiyaga nasib qildi.

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda elektrotexnika tarmog‘ini rivojlantirish, qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.