Yaponiya

Eng ko‘p ovoz Yosixide Sugada. U Yaponiya yangi bosh vaziri bo‘lishi mumkin

16 sentyabr kuni Yaponiya Parlamentida navbatdan tashqari ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Tokio Olimpiadasi koronavirusdan qat’i nazar 2021 yilda o‘tkaziladi

2020 yilgi Olimpiadada ikki yuzta mamlakat va hududlardan 11 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.

24–25 sentyabr kunlari Toshkent—Tokio—Toshkent aviareysi amalga oshiriladi

Aviachiptalarni aviakompaniyaning Uzbekistan Airways sales filialida va rasmiy veb-saytida (shu jumladan AO mobil ilovasi orqali) hamda Uzbekistan Airways tashuvlarini sotish agentliklari ofislaridan sotib olish mumkin, deyilgan xabarda.

Mast yo‘lovchilar ham jarimaga tortiladigan davlatni bilasizmi?

Mast yo‘lovchi haydovchiga gap-so‘zlari va harakatlari bilan halaqit berishi, buning natijasida esa turli xil ko‘ngilsizliklar sodir etilishi mumkin.

Koronavirus! Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladimi?

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) vise-prezidenti Jon Koutsning aytishicha, Tokioda yozgi olimpiada o‘yinlari koronavirus pandemiyasiga qaramay bo‘lib o‘tadi. 

Yana tayfun: Yaponiyada 100 ming odam evakuasiya qilinadi

Meteorologlar tayfun rekord darajada yog‘ingarchilik va bo‘ronli shamol olib kelishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Yaponiya yangi ofatga tayyorlanyapti. 600 ga yaqin aviareys bekor qilindi

Yaponiya yaqinlashayotgan yangi to‘fonga tayyorgarlikni boshladi. Mamlakatda 600 ga yaqin ichki reyslar bekor qilindi. Yangi “Xayshen” to‘foni “Kunchiqar” mamlakatning janubiy qismiga yaqinlashyapti. Bu haqda yapon jamoatchilik televideniyesi ma’lum qildi.

Yaponiyadagi «Maysak» to‘foni sabab harorat rekord darajada isidi

Bundan tashqari, Taynay shahrida (Niigata prefekturasi) harorat 40 darajagacha, Suruokada (Yamagata prefekturasi) 39,1 darajagacha, Vadzimada (Isikava prefekturasi) esa 38,6 darajagacha ko‘tarilgan.

Yaponiya: bortida 42 nafar dengizchisi bo‘lgan yuk kemasi halokatga uchradi

Bortida 42 nafar dengizchisi bo‘lgan yuk kemasi Yaponiya sohillari yaqinida halokatga uchradi, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Yaponiya markazida zilzila oqibatida 11 kishi jarohatlandi

Yaponiyaning Fukui prefekturasi Sakai shahrida 5 balli zilzila sodir bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda 4 sentyabr, juma kuni Yaponiyaning «Kyodo» axborot agentligi xabar berdi.

Yaponiya yaqinida 42 dengizchi va 5800 bosh sigir cho‘kib ketdi

Yaponiya yaqinida bortida 42 nafar dengizchi va 5800 bosh sigir bo‘lgan yuk kemasi suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi

Yaponiyada tayfun tufayli 100dan ortiq reyslar bekor qilindi

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kyusyu oroliga yaqinlashdi.