Yangiliklar
Jo Baydenning shifokori uni o‘z vazifalarini bajarishga layoqatli deb topdi
“Prezident Bayden — sog‘lom, faol, baquvvat 81 yoshli erkak, u avvalgidek prezident majburiyatlarini, shu jumladan, ijro hokimiyati rahbari, davlat rahbari va bosh qo‘mondon vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qodir”, — deyiladi hisobotda.
Bugun Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi ob’ekt va loyihalarni ishga tushirish uchun Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi.
Bayden qanday kasalliklardan aziyat chekadi?
AQSh prezidenti Jo Bayden sog‘lig‘i to‘g‘risidagi mish-mishlardan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, unda uyqu apnesi, giperlipidemiya, gastroezofagial reflyuks va artrit kabi qator kasalliklar aniqlangan. Bu haqda “RIA Novosti” shifokor hisobotiga tayanib xabar berdi.
Xorazmda "O‘zbekiston – Turkmaniston" erkin savdo zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston – Turkmaniston erkin savdo zonasi tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
“Rosatom” O‘zbekistonda kichik AESlar qurishni rejalashtirmoqda
“Rosatom” Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Myanma va Sharqiy Osiyoning orol davlatlari bilan kichik atom elektr stansiyalari (AES) qurish masalasini muhokama qilmoqda.
Xitoy yadro quroliga ega davlatlarni shartnoma tuzishga chaqirdi
Gap «bir-birlariga qarshi yadroviy quroldan birinchi bo‘lib foydalanmaslik to‘g‘risida»gi shartnoma haqida ketmoqda.
Belgiya Ukrainaga 200 million yevro ajratdi
Belgiya Ukrainaga 800 ming dona o‘q-dori sotib olish uchun 200 million yevro ajratdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Aleksandr De Kroo bayonot berdi.
G‘azoda yana 2 bola ochlikdan vafot etdi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil ishg‘oli natijasida G‘azoda yana ikki bolaning ochlikdan o‘lganini ma’lum qildi. Shunday qilib, ochlik va suvsizlik natijasida halok bo‘lgan g‘azolik bolalar soni 6 nafarga yetdi.
BMT missiyasini Sudandan olib chiqish yakunlandi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sudandagi o‘tish davriga yordam ko‘rsatish missiyasi chorshanba kuni o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishni yakunladi
Toshkent va Mumbay o‘rtasidagi havo qatnovi qayta tiklanmoqda
Mumbayga aviaqatnovlar aprel oyida qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti.
Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi
Hujjatga ko‘ra, yangi cheklovlar Rossiya nefti narxlari va ayrim tovarlarning ushbu mamlakat va Belarusga vositachilar orqali eksport qilinishiga, shuningdek, Rossiya fuqarolari va kompaniyalari uchun moliyaviy-iqtisodiy cheklovlarga ta’sir qiladi.
Jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 talik reytingi tuzildi
Mazkur reytingga mamlakat axborot makonida fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga, milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritilgan.