Yangiliklar
“Real”ga qaysi futbolchi kerak?
Ayni damda ko‘pchilikning diqqat markazida “Real”ning transfer maqsadlari turibdi.
Tashqi ishlar vazirligii Turkmanistonga boruvchi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi
Turkmaniston qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Turkmaniston hududiga kirgandan so‘ng va belgilangan manzilga yetgunlariga qadar, shuningdek, davlat hududida turar joyi o‘zgargan hollarda turar joyi bo‘yicha migrasiya xizmati organlarida mamlakatga kirgan kunini hisoblamaganda 3 (uch) ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ko‘plab jinoyatlarga javobgar bo‘lgan terrorchi yo‘q qilindi
AQSh Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tomonidan “Al-Qoida” terrorchilik guruhining Afg‘oniston va Pokistondagi yetakchisi Hazrat Abbos Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar muzofotida yo‘q qilingan.
Filippin qirg‘oqlaridan ulkan “tukdor maxluq” topildi
Filippindagi San-Antonio shahri yaqinida joylashgan qirg‘oqdan noma’lum “tukdor dengiz maxluqi” topildi.
19 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.
FVV yana sel xavfi haqida xabar berdi
2018 yilning 18 may kunidan 22 may kunigacha Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Olimlar Quyoshdan 13 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan galaktikani aniqladi
Astronomlar koinotda Katta portlashdan 250 million yil o‘tib vujudga kelgan galaktikani aniqlashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Meksika Trampning muhojirlarni “hayvonlar” degani uchun AQSh hukumatiga norozilik bildirdi
Meksika tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning meksikalik muhojirlarni “hayvonlar” deb atagani uchun mamlakat hukumatiga norozilik maktubini yo‘lladi, deb xabar beradi “RBK”.
Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Rumiyani sudga berishdi
Evrokomissiya Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Rumiyaga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Mazkur davlatlar havoning ifloslanish darajasini belgilangan me’yordan oshirganlikda ayblanmoqda. Ayni vaqtda sud jarayoni boshlangan.
Bu haqda «Euronews” xabar beradi.
Jizzaxda 25 kilogramm “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topildi
16 may kuni Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida, “Qatortol” MFYda yashovchi X.I.ning uyi tekshirilgan.
Harbiy xizmatchilarning farzandlari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
«Tez yordam»ning dori vositalari va tibbiy buyumlari ko‘paytiriladi
Bitta tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati brigadasi uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.Uz, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asoslanib, xabar bermoqda.