Yangiliklar
Google AQShda 17 milliard dollarlik data-markaz quradi
5 noyabrda e’lon qilingan loyiha kompaniyaning sun’iy intellekt infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda keskin sovuq va kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda
9–12 noyabr kunlari respublika bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgaradi. O‘zgidromet shtorm ogohlantirishi e’lon qildi.
Sherzod Asadov Prezidentning Ostonadagi muhim uchrashuvlari tafsilotlari haqida ma’lumot berdi
Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, “Chatham House” qoidasi asosida tashkil etilgan muloqotda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq yangi tahdidlar hamda ularga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Toshkentda isitish mavsumi 9 noyabrdan boshlanadi
Poytaxtda 2026–2027 yilgi isitish mavsumi 9 noyabrdan start oladi.
Samarqandda o‘qituvchilikka ishga kiritish uchun 400 dollar pora olgan maktab direktori ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qirg‘iziston Rossiyadan Ukrainaga qarshi urushga yuborilishi mumkin bo‘lgan fuqarosini qaytarishni talab qildi
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi harbiy qismlardan birida bo‘lgan fuqarosini vatanga qaytarish so‘ralgan nota yubordi.
O‘zbekiston 23 ta davlatga 206,3 ming tonna qovun-tarvuz eksport qildi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 23 ta xorijiy davlatga jami 206,3 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Eron Yevropa hududigacha raketa zarbalari berishi mumkinligini bildirdi
Eron deputati Husayn Ali Hoji-Deleganiyning aytishicha, AQSh yoki Isroil tomonidan yangi hujum amalga oshirilsa, Tehron javob zarbalari geografiyasini Yevropa hududigacha kengaytirishi mumkin.
NATO Rossiyaning raketalari va dronlaridan to‘liq himoyalana olmasligini tan oldi
Bu haqda Markaziy va Sharqiy Yevropa mudofaasi uchun mas’ul bo‘lgan NATO Oliy qo‘mondonligi generali Ingo Gerxarts The Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Rossiya blogerlari futbol maydonida kuch sinashadi
Uchrashuv 10 noyabr kuni soat 16:00 da Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Medvedev Maskni Ukrainaga yordami uchun tavba qilishga chaqirdi
Dmitriy Medvedev Ilon Maskni Ukrainaga ko‘rsatgan yordami uchun kechirim so‘rashga chaqirdi.
«Har doim Yahudo bo‘lib umr oxirigacha yashagandan ko‘ra yaxshiroq», — deb yozdi Medvedev.