Ziyoratchilarimiz muborak Mino vodiysiga yetib bordilar

Ziyoratchilarimiz muborak Mino vodiysiga yetib bordilar

Joriy yilning 18 avgust kuni kechqurun, Zulhijja oyining sakkizinchi tunida ziyoratchilarimiz tamattu’ hajini niyat qilib ehromga kirdilar. Muborak Haj ibodatini ado etishga shay turgan nurli otaxonu onaxonlar, qalbda hayajon, ko‘zda quvonch, tilda shukronalik duolari ila avtobuslarga chiqib, Mino vodiysi tomon yo‘l oldilar.

Ishchi guruhi a’zolari Mino vodiysida ularni kutib olib, o‘zlari uchun ajratilgan chodirlarga joylashtirdilar. Ziyoratchilarimiz avvaldan hozirlab qo‘yilgan saranjom va sarishta chodirlarga kirib, zikru duo va ibodatni boshlab yubordilar.

Muborak Mino vodiysida ham yurtdoshlarimiz uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Xususan, oziq-ovqat tarqatish punkti va tibbiy yordam markazlari, o‘z vaqtida issiq ovqat va choy ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, vatandoshlarimiz haj amallarining eng mas’uliyatli pallasini ko‘tarinki ruh va katta ixlos bilan boshladilar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!