Zelenskiy Ukrainada parallel elektr ta’minoti tizimi ishlab chiqilishini e’lon qildi

Zelenskiy Ukrainada parallel elektr ta’minoti tizimi ishlab chiqilishini e’lon qildi

Ukraina elektr energiyasini yetkazib berishning parallel tizimini ishlab chiqdi, ammo uni amalga oshirish imkoniyati qurolli mojaroning faol bosqichi tugaganidan keyin paydo bo‘ladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda rasmiylar mavjud infratuzilmani tiklashga e’tibor qaratmoqda.

“Ukraina qiziqarli muqobil elektr ta’minoti tizimini ishlab chiqdi. Biz Ukrenergo va Energetika vazirligi bilan nima qilishimizni aniq tushunamiz - boshimizni ko‘tarishimiz bilanoq, biz buni qilamiz. Ayni paytda hamma – yuqori mansabdorlardan tortib o‘rta bo‘g‘indagi menejerlargacha – hamma bizda mavjud bo‘lgan narsalarni himoya qilish va har kuni biz mahrum bo‘lgan narsalarni tiklash uchun harakat qilmoqda”, dedi Zelenskiy jurnalistlarga. U muqobil elektr ta’minoti tizimi haqida boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

15 noyabr kuni Rossiya Ukraina infratuzilmasiga, xususan, energetika sohasiga yirik raketa zarbalari berdi. Vladimir Zelenskiyning idorasi mamlakatdagi 15 ta energetika ob’ektiga zarar yetganini ma’lum qildi. Ukrainaning ayrim hududlarida hujumlar munosabati bilan elektr, issiqlik va suv ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!