Zelenskiy: "Rossiya xohlasa, urush ertaga tugaydi. Ammo..."

Zelenskiy: "Rossiya xohlasa, urush ertaga tugaydi. Ammo..."

Donbassdagi urushni tugatish uchun Rossiyaning siyosiy irodasi zarur. Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy LRTga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Agar Rossiya buni ertaga xohlasa, biz bu urushni tez orada tugatamiz, — dedi u. — Men o‘zimning qobiliyatim, xohishim, g‘ayratim, intilishim va siyosiy irodam borligini sezmaganimda prezident bo‘lolmasdim. Ammo bu urushni bir yil ichida tugatish uchun yetarli emas. Rossiyada ham xuddi shunday bo‘lishi kerak».

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar yetti oy davomida jiddiy to‘qnashuvlar yoki portlashlar bo‘lmagan bo‘lsa, bu hali ham urushni to‘xtatish mumkin degan fikrni bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!