Zelenskiy prezident sifatida ilk bor Donbassga keldi

Zelenskiy prezident sifatida ilk bor Donbassga keldi

Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatida ilk bor Lugansk oblastidagi Ukraina armiyasi joylashgan hududga keldi. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, u kuzatuv postlari va blindajlarda bo‘lgan.

Shuningdek, Zelenskiy yashash sharoitlari bilan tanishgan va harbiylarning ta’minotini yaxshilash zarurligini qayd etgan.

"Ukrainani himoya qilayotgan harbiylar sharoitlari yaxshi bo‘lishi lozim", — degan u.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi birinchi o‘rindagi vazifasi Donbassdagi urushni to‘xtatish ekanligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!